
"Real" va "Barselona" "Borussiya" Dortmund yulduzi uchun kurash boshladi
La Liganing ikki grandi - "Real" va "Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jeydon Sancho uchun kurash boshladi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha ushbu jamoalar 20 yoshli angliyalik futbolchini mavsum yakunlangach yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Aytish kerakki, unga shuningdek MYu va PSJ ham qiziqmoqda.
O‘z navbatida dortmundliklar ham Sanchoni sotishga qarshi emas, ammo ular futbolchini 100 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmaydi.
Ma’lumot uchun, Sancho “Borussiya D” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 68 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta gol hamda 30 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar