
“Real” superfutbolchi bilan shartnoma tuzdi
Ispaniyaning nufuzli nashri – Marca vakillarining xabar berishicha, “Bavariya”ning universal himoyachisi David Alaba “Real” bilan to‘rt yillik shartnomaga imzo chekkan.
28 yoshli avstriyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibiga mavsum yakunlanganidan so‘ng, borib qo‘shiladi.
Shu tariqa, Alaba “Qirollik klubi”ning keyingi mavsum oldidan dastlabki transferiga aylanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Alabaga yiliga 11 million evro maosh to‘laydi. Shartnoma yozda kuchga kiradi.
Alaba “Real”shifokori guvohligida madridliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani aytilmoqda.
Fikrlar