“Real” superfutbolchi bilan kelishib bo‘ldi

  • 4 yanvar, 2021, 21:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanayotgan David Alaba “Real” klubida to‘p suradigan bo‘lyapti. Marca nashrining xabar berishicha, universal himoyachi madridliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Tecno

Sky Sports  nashri bu ma’lumotlarni inkor qilgan holda, “Real” rahbariyati avstriyalik futbolchining agentlariga rasmiy taklif bildirmaganini e’lon qildi.

Shunday bo‘lsa-da, Serxio Ramos bilan kelisha olmayotgan “Real” Alabaga asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan edi. Hatto Zinedin Zidanning shaxsan o‘zi Alabaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Madridga chaqirgani haqida ham xabarlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!