"Real" sobiq futbolchisi "Vilyarreal" ustozi" bo‘lishi mumkin

  • 7 sentabr, 2023, 16:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Raul La Liga jamoasini boshqarishi mumkin. 

"Vilyarreal" Kiki Seten iste’foga chiqarilganidan keyin yangi bosh murabbiy izlamoqda. Xususan, klub "Real" sobiq futbolchisi Raulni tayinlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. 

Hozirda "Kastilya"ni boshqarayotgan mutaxassisning o‘zi "Real" tizimida ishlashni davom ettirmoqchi. 

Bundan tashqari, "sariq suv osti kemasi" Xulen Lopotegi va Pachetani ham tayinlash masalasini ko‘rib chiqyapti. 

La Liga 4-turidan so‘ng "Vilyarreal" 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!