
"Real" Pogba evaziga MYuga 2 ta futbolchisini berishga tayyor
"Real" Madrid klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
El Desmarque nashrining yozishicha “qirollik klubi” 26 yoshli frantsiyalik futbolchi evaziga mankuanliklarga o‘zining 2 nafar futbolchisi – Xames Rodriges va Mariano Diaslarni taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pogba MYuda boshqa maydonga tushmasligi va qishki transferlar davrida jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek “Yuventus” ham qiziqmoqda.
Fikrlar