"Real" navbatdagi transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi.

  • 4 iyun, 2019, 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi navbatdagi transferni rasmiylashtirish arafasida turibdi.

Tecno

Onda Cero nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” “Lion” himoyachisi Ferlan Mendining transferi borasida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra madridliklar 23 yoshli frantsuz futbolchisi uchun 50 million evro to‘lashadi. Futbolchi esa “Real” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Mendi yakunlangan mavsum Frantsiya chempionatida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” bundan avvalroq “Ayntraxt” hujumchisi Luka Yovichning transferini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!