"Real" Manening transferi borasida noqonuniy muzokaralar o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin

  • 14 iyul, 2019, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi senegallik hujumchisi Sadio Manening transferi masalasida “Real”dan rasmiy taklif olmagan. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ammo, bundan avvalroq Senegal futbol assotsiatsiyasi prezidenti Sae Sekning Mirror nashriga bergan intervyusida bu borada quyidagicha gapirib o‘tdi.

“Hamma biladi, Mane dunyoning eng zo‘r o‘nta futbolchisidan biri hisoblanadi. O‘tgan mavsum u “Liverpul” bilan birga katta yutuqlarga erishdi. Ammo, bu futbol. U Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi va u Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu dunyodagi eng zo‘r klub deb o‘ylayman. Garchi “Barselona” muxlisi bo‘lsamda, “Real” baribir zo‘r deb o‘ylayman va Mane ushbu taklifni jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak”, - deydi prezident.

Liverpool Echo nashrining xabar berishicha, agar Sekning aytgan so‘zlari haqiqat bo‘lsa, u holda “Real” Manening transferi borasida noqonuniy muzokara o‘tkazayotgan bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!