
"Real" Madridning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Braziliyalik mashhur yarim himoyachi Julio Baptista futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 37 yoshli futbolchi bu haqda o‘zining Instagramdagi sahifasida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Baptista faoliyati davomida "San-Paulu", "Sevilya", "Real", "Arsenal", "Roma", "Malaga", "Kruzeyro", "Orlando Siti" va ChFR klublarida to‘p surgan. Braziliya terma jamoasi safida esa 48ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yisha erishgan.
Fikrlar