
"Real Madrid" sobiq futbolchisi: " Luis de la Fuente maqtovga loyiq"
Santyago Kanizaresning fikricha, Ispaniyada Luis de la Fuenteni kam baholaydilar.
"Luis de la Fuente jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin terma jamoani qabul qilib oldi. O‘shandan beri u milliy terma jamoa uchun yangi g‘oyani yaratdi. Uning uchun ishlar shu qadar yaxshi kechdiki, mana natijasi Millatlar ligasi va Evropa chempionligini qo‘lga kiritish bilan yakunlandi. Menimcha, Luis hurmatga loyiq ishlarni amalga oshirdi.
Ispaniyadek termani boshqarish barchaga ham emas. U erdagi talab va shartlar duch kelgan murabbiyning darajasiga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo de la Fuente umuman boshqa daraja ekanligini isbotladi", - dedi sobiq darvozabon.
Fikrlar