"Real Madrid" 8 nafar futbolchisini sotuvga qo‘yadi
Madridning "Real" klubi yozgi transferlar bozorida 8 nafar futbolchini sotib yuborishga tayyor.
Xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" jamoada o‘zini ko‘rsata olmayotgan va asosiy tarkibdan joy topishga qiynalayotgan futbolchilarni sotib yaxshigina mablag‘ ishlab olmoqchi. Jamoa birinchi navbatda braziliyalik vinger Rodrigoni sotib yubormoqchi. Bundan tashqari, darvozabon Andrey Lunin, himoyachilar Ferlan Mendi va Fran Garsiya, yarim himoya chizig‘i vaqillari Dani Sebalos, Braim Dias va Eduardo Kamavinga hamda hujumchi Gonsalo Garsiya ham "qaymoqranglilar"ni tark etadigan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan.
Ma’lumot uchun, "Real" Ispaniya La Ligasining 16-turidan so‘ng 36 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etib turibdi.



Fikrlar