“Real” futbolchilarining narxi birdan tushib ketdi

  • 22 mart, 12:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali Ispaniya chempionati yuqori divizionida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer summalarini yangiladi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, Ispaniyaning amaldagi chempioni, Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblangan “Real” futbolchilaridan bir nechtasining narxi keskin pasaydi.

Transfer summasi eng ko‘p arzonlagan besh futbolchidan to‘rttasi aynan “Qirollik klubi” a’zolari bo‘lib chiqdi.

Ro‘yxatning eng yuqori uch pog‘onasidan o‘rin olgan Orelen Tchuameni, Endrik va Eder Militaoning narxi 20 million evrodan tushgan.

Narxi keskin pasaygan futbolchilar o‘nligi bilan tanishing:

Orelen Tchuameni («Real» Madrid, € 80 (-20) mln).

Endrik («Real» Madrid, € 40 (-20) mln).

Eder Militao («Real» Madrid, € 40 (-20) mln).

Frenki de Yong («Barselona», € 45 (-15) mln).

Eduardu Kamavinga («Real» Madrid, € 70 (-10) mln).

Gavi («Barselona», € 70 (-10) mln).

Georgiy Mamardashvili («Valensiya», € 30 (-10) mln).

Nayef Ager («Real Sosedad», € 25 (-10) mln).

Rodrigo Goes («Real» Madrid, € 100 (-10) mln).

Takefusa Kubo («Real Sosedad», € 40 (-10) mln).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!