"Real" Bundesliga klubidan himoyachi sotib oladi

  • 6 may, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyati mumkin. Uning xizmatlariga "Real" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Goal.com nashrining yozishicha, "qirollik klubi" 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun yozda “dorishunoslar”ga taklif bilan chiqadi. Potentsial transfer qiymati esa 35 million evroga baholanmoqda.

Frimpong bu mavsum Germaniya Bundesligasida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida to‘rtta sariq kartochka ham bor.

Futbolchining "Bayer" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!