“Real” bir urinishda “Liverpul”ning yana bir yulduzini olib ketmoqchi

  • 15 avgust, 08:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” yozgi transferlar davrida tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Tarkibni yangilash jarayoni hali davom etadi.

Tecno

Arne Slot mo‘ljallab turgan futbolchilar orasida yana ikkita himoyachi bor. Ulardan biri Jovenni Leoni Liverpulga ko‘chib o‘tishga rozilik berdi va tez orada bu transfer rasman e’lon qilinadi.

“Liverpul” endi “Kistal Pelas” sardori Mark Gexini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Markaziy himoyachining “Kristal Pelas” bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydi. Shu bois, klub uni tez kunlarda sotib yubormoqchi.

Bu vaziyat “Real”ning foydasiga ishlashi mumkin. Madridliklar anchadan beri “liverpul” himoyachisi Ibrohim Konatega xaridor bo‘lmoqda. Aslida “Qirollik klubi” frantsiyalik futbolchini keyingi yoz erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Agar “Liverpul” tez orada Leoni va Gexi transferini yakunlasa, “Real”ga Konateni olish uchun yo‘l ochiladi. Madridliklar transfer oynasining so‘nggi kunlari bu transferni 20-25 million evroga amalga oshirishni mo‘ljallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахтиёр Мирзаев
15/08/2025 11:09
Гехини трансферини хал килса, Конатега ултиматум куяди деб ёзишяпти. Янги контрактга кул куймаса у сотувга куйилади. Харидор албатта Реал булиши шарт эмас бу жойда клубни бу трансфердан канча ишлаб олиши хам рол уйнай. Конатега эса танлаш имкони берилади. Агар Реалдан бошкасига утмайман деб туриб олса унда бир йил банкада утиради. Ливерпуль Трент билан содир булган вокеани такрорлашни истамайди бу хакда Конате атрофидагилар огохлантирилган.