
"Real" 19 yoshli himoyachini olmoqchi
"Bornmut" markaziy himoyachisi Din Xeysen faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirishi mumkin.
The Sun Football xabar berishicha, "qaymoqranglilar" 19 yoshli futbolchini kuzatishmoqda. Uning transferi yanvar oyida amalga oshish ehtimoli bor.
Joriy mavsumda ispaniyalik himoyachi 14 ta uchrashuvda 2ta gol urdi.
Xeysenning ingliz klubi bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 18 million evroga baholamoqda.
Fikrlar