“Real”, “Arsenal” va “Manchester Siti” bir futbolchini talashmoqda

  • 30 dekabr, 2024, 18:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real”, Angliyaning “Arsenal” va “Manchester Siti” klublari “Real Sosedad” futbolchisi Martin Subimendi uchun kurash olib borishmoqda. 
 
“Qaymoqranglilar”ning ishonchli yarim himoyachilari Tchuameni va Kamavinga bu mavsum ko‘p jarohatlar olishayotgani sabab Peres va Anchelotti qishki transferlar oynasida tayanch yarim himoyachi sotib olmoqchi. “To‘pchilar”ning ham ushbu pozitsiyada harakat qilayotgan futbolchilari so‘nggi o‘yinlarda pand berishmoqda. Rodrining xochsimon paylari uzilib, mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqqanidan so‘ng “shaharliklar”ning natijalari ham ortga qarab ketayotgan edi. Shu bois, klub rahbarlari bir nechta o‘yinchilarni ko‘zlab qo‘ygan. 
 
“The Sun” nashrining xabar berishicha, “can-cebastyanliklar" yarim himoyachisi Subimendi uchun hozirda 3 klub ham etakchilik qilmoqda. Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishni xohlayotgan ekan. 
 
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli havbek bu mavsum 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 60 million evroni tashkil etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!