Ravshan Haydarov: "O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Lekin nazorat bizda edi..."

  • 1 mart, 2023, 21:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Suriya uchrashuvida vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Avvalombor, assalomu alaykum! Futbol bayramiga chiroyli g‘alaba bo‘ldi. Tabriklayman! Muxlislar stadionni to‘ldirib, munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishdi.

O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Lekin nazorat bizda edi. G‘alaba adolatli natija bo‘ldi, deya olaman.

O‘yin boshida bosim va hayajonni his qildi yigitlar. Bu tabiiy holat edi. 

Hujumni yakunlashda qiyinchilikka duch keldik. Ularda sovuqqonlik etishmadi, shuningdek, ozroq shoshilinch qarorlar ham bizga salbiy ta’sir qildi. 

O‘ylaymanki, futbolchilarimiz o‘yindan o‘yinga kuchayib boradi. Biz bundan umidvormiz va hammasi yaxshi davom etishiga ishonamiz. 

Umaralida hayajon sezildi. U jamoa sardori sifatida ma’suliyatni ko‘proq bo‘yniga olmoqchi bo‘ldi va bir qancha xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ammo faqat unda emas, barcha futbolchilar ozroq bosim ostida harakat qildi. Yakkakurashlarda raqib kuchli ekani ko‘rinib turibdi.  

Abbos jismonan tayyor. U 2-3 kun o‘zini noqulay his qilayotgandi. Uchrashuv oxirida uni almashtirish rejamda bor edi. Bu jarohat sabab qilindi, deya olmayman. 

Fayzullaevning o‘rnini bosa oladigan yigitlar zaxirada topiladi. Shunchaki, uni o‘zgartirish vaqti kelgandi va men shunday qaror qabul qildim.

Ikkala sariq kartochka olingan vaziyat ham ishtiyoqning kuchliligi evaziga ishlab olindi. Bu kartochkalar kerak emas edi, to‘g‘ri. Biz uchun ushbu holat yaxshi emas. Qancha kam kartochka olinsa, jamoa uchun shuncha foyda bo‘ladi. 

Keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rishni hozirdan boshlaymiz. O‘tgan o‘yinimizni tahlil qilib chiqamiz va jismonan iloji boricha tezroq tiklanishga harakat qilamiz. Bugun eng muhimi - 3 ochko qo‘lga kiritganimiz bo‘ldi", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!