
Rasman! Xvicha Kvaratsxeliya PSJ futbolchisi
Rasman Xvicha Kvaratsxeliya PSJ futbolchisiga aylandi. Futbolchi avvalroq, "Napoli" bilan xayrlashgandi.
Ushbu transfer uchun parijliklar 70 million evro to‘ladi. Shuningdek, bonuslar ham bor. Vinger bilan esa 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi. Xvicha sobiq jamoasiga qaraganda endi 4-5 baravar ko‘proq maosh oladi. U Parij klubida 7-raqamda harakat qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kvaratsxeliya 2022 yilda "Dinamo Batumi"dan "Napoli" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Undan oldin futbolchi RPLning "Rubin" va "Lokomotiv" jamoalarida harakat qilgan.
Fikrlar