Rasman! Shomurodov “Roma” futbolchisi!

  • 3 avgust, 2021, 05:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” professional futbol klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan rasman shartnoma imzoladi.

Tecno

31 iyul kuni Eldor Shomurodov “Roma” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida Rim shahri keldi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng, hamyurtimiz rimliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.

eldor-shomurodov-stal-igrokom-romy_16279393091999553943

“Roma” va “Jenoa” rahbariyatlarining Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha kelishuviga ko‘ra, hamyurtimiz bir mavsum davomida ijara asosida to‘p suradi. Buning uchun rimliklar Genuya klubiga 2,5 million evro miqdorida ijara puli to‘laydi. “Roma”da o‘zbekistonlik hujuchining transfer huquqini 17,5 million evroga sotib olish imkoni bor.

Shomurodov ma’lum miqdordagi o‘yinlarda ishtirok etsa yoki “Roma” yangi mavsum oxirida Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olsa, bu transfer avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ya’ni, Shomurodov “Roma”ning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.

Umumiy hisobda  bu transfer “Roma”ga 20 million evroga tushgani aytilmoqda.  

158144865_4367517603259126_95205288438391258_o

“Jenoa” Shomurodovning keyingi transferidan ham 10 foiz ulush olishi belgilangan.

“Roma”  va Shomurodov o‘rtasida 2026 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ko‘ra, legionerimiz poytaxt klubida bir mavsum uchun 2 million evro maosh olishi kelishilgan.

Vaziyatdan foydalanib, Eldor Shomurodovning legioner sifatida “Rostov”dan “Roma”gacha bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlaymiz.

Ma’lumki, hamyurtimiz ilk bor 2017 yili Rossiya premer-ligasi vakili “Rostov” bilan shartnoma imzolab, legioner maqomini olgan edi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shanda rostovliklar o‘zbek hujumchisi uchun 300 ming evro xarajat qilgan.

To‘liq bo‘lmagan to‘rt mavsum davomida Rossiya chempionatida ishtirok etgan futbolchimiz premer-ligada jami 80 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi. Shu yillar davomida Eldor “Tosno”ga ikkita, “Krasnodar”, “Lokomotiv”ga ikkita,  “Spartak”, “Orenburg”, “Arenal”, “Ural”,  “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Tambov”, “Dinamo”,  “Axmat” va TsSKAga jamoalari darvozasiga  bittadan to‘p kiritdi. Jami etti marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.

Shuningdek, Eldor Shomurodov Rossiya kubogi musobaqasida o‘nta o‘yinda bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Shomurodov “Rostov” tarkibidagi oxirgi golini 2020 yilning kuzida Evropa ligasi doirasida Isroilning “Makkabi” darvozasiga kiritganini alohida ta’kilash lozim.

2020 yilning 1 oktyabrida “Rostov” asosiy hujumchisini 7,5 million evro evaziga “Jenoa”ga transfer qildi.

121956_m

Shomurodov A Seriyada ham to‘purarlik mahoratini namoyish qila oldi. Italiya chempionatida “Parma”, “Sassuolo”, “Verona”, “Spetsiya”, “Latsio”, “Kalyari” darvozasini bir marotabadan aniq nishonga olgan bo‘lsa, “Atalanta” darvozabonini ikki bor o‘z darvozasi to‘ridan to‘p olib chiqishga majbur qildi.

Shuningdek. Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 marotaba aniq nishonga oldi.

Bir yil ichida transfer summasi keskin ko‘tarilgan futbolchimiz bundan buyog‘iga “Roma” safida “bo‘rilar” qarshisidagi jamoalar darvozasini ishg‘ol qilish payida bo‘ladi.

roma-arenduet-shomurodova-u-dzhenoa-s-obyazatelstvom-vykupa_16275068111474870199

Omad yor bo‘lsin, Eldor!

Shomurodov Rimga keldi!

Shomurodov gollar hisobini ochdi!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!