
Rasman! Rudi Garsiya "Lion"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Frantsiyaning “Lion” klubi o‘zining rasmiy saytida Rudi Garsiya jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘lgani haqida e’lon qildi.
Hozircha tomonlar o‘rtasidagi kelishuv shartlari oshkor etilmayapti. Ammo, bundan avvalroq 55 yoshli mutaxassis “Lion” bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida ma’lumotlar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Lion” Frantsiya chempionatining ortda qolgan 9 ta turidan so‘ng 14-pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Garsiya faoliyati davomida "Korbey-Esson", "Sent-Eten", "Dijon", "Le-Man", "Lill", "Roma" va "Marsel" kabi klublarni boshqargan.
Fikrlar