
Rasman! "Roma" Perottini Superliga klubiga sotdi
“Roma” yarim himoyachisi Diego Perotti faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 32 yoshli argentinalik futbolchi “Fenerbaxche” bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzoladi. Uning transferi turk grandiga 2,5 mln evroga tushgani aytilmoqda.
Perotti o‘tgan mavsum “Roma” safida A Seriyada jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.
Fikrlar