
Rasman! Oston Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
"Kolorado Repids" klubining markaziy himoyachisi Oston Trasti faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
APL grandi o‘zining rasmiy sayti orqali 23 yoshli amerikalik futbolchining transferini e’lon qildi. Xabarda yozilishicha, ushbu transfer “kanonirlar”ga 1,82 million evroga tushgan.
Oston joriy yilning iyuligacha "Repids"da ijara asosida o‘ynaydi va shundan so‘ng etarli tajriba to‘plash maqsadida Evropa klublaridan biriga ijaraga beriladi.
Trasti "Kolorado Repids" safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 2 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar