
Rasman! "Navbahor" "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga to‘ldirishda davom etmoqda.
Bugun jamoa safiga mahoratli yarim himoyachi Abror Ismoilov qo‘shildi. “Lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayanning taklifiga binoan, “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgan futbolchi namanganliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Abror Ismoilov 1998 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2016 yili “Neftchi” klubida boshlab, 2018 yil yakuniga qadar farg‘onaliklar safida to‘p tepdi. Mahoratli yarim himoyachi 2019 yili “Surxon” (Termiz), 2020-2021 yillarda esa “Paxtakor” (Toshkent)da o‘ynadi.
Abror Ismoilov yakunlangan mavsumni “Neftchi”da o‘tkazib, farg‘onaliklar tarkibida O‘zbekiston Superligasi va kubogi bahslarida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 golga mualliflik qilgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi. Bundan tashqari, mahoratli yarim himoyachi O‘zbekistonning turli terma jamoalarida to‘p tepgan. 2019 yildan buyon milliy termamizda o‘ynamoqda.
“Navbahor” matbuot xizmati
Fikrlar