
Rasman! Jim Retkliff "Manchester Yunayted"ning 25 foiz ulushini sotib oldi
"Manchester Yunayted" britaniyalik milliarder Jim Retkliff klubning 25 aktsiyalarini sotib olayotganini e’lon qildi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra? 71 yoshli biznesmen jamoaga 300 million evro ajratishini ma’lum qilgan. Shuningdek, tez orada "qizil iblislar"ga yangi sport direktori tayinlanadi.
2024 yilda rahbariyatda katta o‘zgarishlarga qo‘l urilishi kutilmoqda. Tez orada "Manchester Yunayted"da Jan Klod Blank va Ser Deyv Braylsford kabi mutaxassislar ish boshlaydi.
Endi Erik Ten Xagning kursisi qimirlab qolgan bo‘lishi mumkin. Sababi, yangi rahbariyat boshqa murabbiy bilan ishlash niyati borligi haqida mish-mishlar yurgandi.
Fikrlar