
Rasman! Igor Sergeev Superligaga qaytdi
"Patxum Yunayted" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan Igor Sergeev "Paxtakor"ga qaytdi.
Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati o‘z telegram kanali orqali xabar berdi.
“Paxtakor” o‘zining asosiy tarkibini saqlab qolgan holda ikkinchi transferni e’lon qiladi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Faoliyatining eng yaxshi davrlarini "Paxtakor"da o‘tkazgan Sergeev klub 180 ta o‘yinda jami 102 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar
Добро пожаловать домой, Игорёк!