Rasman! "Bavariya" Vensan Kompani bilan shartnomani uzaytirdi
Vensan Kompani "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, belgiyalik mutaxassis "qizillar" bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, Kompani 2024 yil yozidan buyon nemis grandini boshqarib kelmoqda. Jamoa joriy mavsum Bundesligada 7 o‘yinda 21 ochko jamg‘argan holda etakchilik qilmoqda.



Fikrlar