
Rasman: Badavlat klub “Siti” o‘yinchisini oldi
Angliya Premer-ligasining “Nottingem Forest” klubi “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi Jeym Makeytini transfer qilgani rasman e’lon qilindi.
Iqtidorli futbolchi “o‘rmonchilar”ga 25,5 million evroga tushdi. Jeyms yangi jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
- Men o‘zimni yangi chaqiruvlarga tayyor ekanimni his qildim. O‘tgan mavsumni juda zo‘r o‘tkazdim va olgan tajribalarimga tayanib, nimalarga qodirligimni va jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo‘sha olishimni namoyish qilmoqchiman.
Bu jamoaga o‘tganimdan xursandman va yangi jamoadoshlarim bilan ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman. Bu klub bilan bog‘langan har kimning maqsadlari aniq va jiddiy ekanini bilaman va men ham ularning bir qismiga aylanmoqchiman, - dedi Jeyms MakEyti.
22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” safida jami 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga ettita gol yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar