Rasman: Asror Aliqulov "Sho‘rtan" bosh murabbiyi!
Kuni kecha G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi amaldagi bosh murabbiy Eldor Moylievni lavozimidan ozod qilganligi to‘g‘risida O‘zPFL rasmiy xabar bergandi.
Sports.uz nashri esa uning o‘rniga Asror Aliqulov tayinlanayotgani va allaqachon "Sho‘rtan" bilan mashg‘ulotlarga kirishgani xususida bayon qilgandi. Bugun O‘zPFL rasman Aliqulovni "Sho‘rtan" bosh murabbiyi bo‘lganini tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar shu yilning 31 dekabr sanasiga qadar shartnoma imzolashgan. Shu tariqa, Asror Chorievich yana sobiq klubiga qaytdi.
Bilasiz, murabbiy bunga qadar "Mash’al"da faoliyat olib borgandi. O‘z navbatida "Mash’al" matbuot xizmati Aliqulov jamoani tark etgani va unga omad tilab xabar yozdi. Bugun "Sho‘rtan" "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi va bu Aliqulovning debyut uchrashuviga aylanadi.
Hozircha "Sho‘rtan" 23 ta o‘yindan so‘ng 12 ochko bilan oxirgi o‘rinda boryapti.



Fikrlar