
"Quvayt SK" "Al-Hilol"ga qarshi o‘ynadi, Sardor Rashidov esa...
Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Quvayt SK” klubi tayyorgarlikni reja asosida davom ettirib kelyapti.
Yaqinda Sports.uz orqali ushbu jamoa Saudiya Arabistonida “Al-Hilol”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazishining xabarini bergandik.
Ar-Riyoddagi “Qirol Faxd” stadionida rejalashtirilganidek, 4 sentyabr kuni “Al-Hilol” hamda “Quvayt SK” klublari ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik bellashuvi o‘tkazildi.
Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik Sardor Rashidov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 70 daqiqa davomida to‘p surdi.
Leonardu Jardim boshchiligidagi “Al-Hilol” ushbu o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi “Quvayt SK” Kubok o‘yinlariga hozirlik ko‘radi.
Fikrlar