"Qo‘qon-1912" Superliganing ilk turida "Andijon"ni o‘z maydonida qabul qiladi

  • 3 mart, 23:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatning ilk turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Andijon" o‘rtasidagi bellashuv Farg‘onada yoki Qo‘qonda o‘tkazilishi borasida savollar mavjud edi. Nihoyat, O‘zPFL bu borada yakuniy qarorni e’lon qildi:

Tecno

"Qo‘qondagi stadion maydoni, uning sug‘orish va drenaj tizimi avvalroq yangilangan edi. Ayni vaqtda maydon futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor. 

Biroq stadion yoritish tizimi, maydon atrofiga yozilishi kerak bo‘lgan qoplama masalasida ish kechikkanidan kelib chiqib, Liga "Qo‘qon-1912" stadionini Superliga uchun qabul qilmagandi. Fevral oyi davomida klub rahbariyati mazkur masalalarni hal qilishga erishdi. Shundan kelib chiqib, Liga stadionni Superliga bellashuvlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.  

Ma’lumot uchun, "Qo‘qon-1912" Superligaga qur’a tashlash marosimi oldidan majburiy ravishda Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, mazkur holat Liga xavotiriga sabab bo‘layotgandi. Boisi, "Istiqlol" stadionida "Neftchi" va "FarDU" jamoalarining to‘p surishi avvaldan rejalashtirilgan bo‘lib, "Qo‘qon-1912" klubi oldiga Superliga 3-turiga qadar stadiondan chiqib ketish talabi qo‘yilgandi. Qo‘qon shahridagi stadionning ochilishi esa "Istiqlol" stadioniga tushadigan zo‘riqishni normallashtiradi", - deya rasmiy ma’lumot berdi, O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!