
"Qo‘qon-1912" "Sho‘rtan" futbolchisini qo‘lga kiritdi
Joriy yilgi mavsumda pro ligada ishtirok etib pley-offdagi g‘alaba orqali Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Qo‘qon-1912” klubi bugun yangi transferini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, pro ligada G‘uzorning “Sho‘rtan” safida harakat qilgan 27 yoshli hujumchi Jasur Xolto‘raev yangi mavsumni “Qo‘qon-1912” safida boshlaydigan bo‘ldi.
Futbolchi 28 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 2 ta assistni amalga oshirdi. Xolto‘raev qo‘qonliklarning dastlabki qishki transferiga aylandi.
Jasur bunga qadar faoliyati davomida “Surxon”, “Metallurg”, “Qizilqum”, “Buxoro” va “Sho‘rtan”da to‘p surgan.
Fikrlar