
Qo‘l jangi: Xarbiylashtirilgan tizimlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Kecha, poytaxtimizda joylashgan “O‘zbekiston” sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha xarbiylashtirilgan tizimlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa shiddatli to‘qnashuvlar, ajoyib janglarga boy tarzda o‘tdi. Sportchilar har tomonlama mazkur chempionatga munosib tayyorlanganliklarini isbotlashdi.
8 vazn toifasida bo‘lib o‘tgan mamlakat chempionati yakunida, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni IIV vakillari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rindan Mudofa vazirligi sportchilari o‘rin olishdi. Shohsupaning 3-pog‘onasi esa Milliy gvardiyachilar tomonidan band etildi.
Fikrlar