"Qizilqum" ustozi g‘alabadan keyin: "Yigitlarimni harakatidan to‘liq qoniqdim, deya olmayman"

  • 23 fevral, 12:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich kecha Qirg‘izistonning "Dordoy" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Raqibimizdan shu uslubdagi o‘yinni kutgandik. “Dordoy” yaxshi shakllangan jamoa. Ular kabi biz ham bahsga yaxshi hozirlik ko‘rgandik. Faqatgina kuchli shamol omili o‘yinning borishiga biroz xalaqit qildi. Birinchi bo‘limda raqib futbolchilari to‘p nazoratini o‘zlarida saqlab turishga harakat qilishdi. O‘zimizning xatodan so‘ng gol ham urishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin sur’ati o‘zgardi. Tashabbus biz tomonga o‘tdi. Hujumda rang-baranglik kuchaydi. Natijada gol urdik va g‘alabani o‘zimiz tomonga og‘dira oldik. Qaytaraman, raqib o‘z o‘yin uslubiga ega kuchli jamoa edi. Yigitlarimni harakatidan to‘liq qoniqdim, deya olmayman. Ayrim jihatlar bo‘yicha hali qilinadigan ishlarimiz bor. Uchrashuvni to‘liq tahlil qilib, xatolar ustida ishlashda davom etamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!