
"Qizilqum" uchinchi o‘yinda ham gol ura olmadi
Nikola Lazarevich boshchiligidagi “Qizilqum” klubi Turkiyadagi yig‘ini doirasida bugun Ukrainaning “Podole” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu safargi bahsda hisob ochilmadi – 0:0. E’tiborlisi, “Qizilqum” futbolchilari Turkiyadagi o‘rtoqlik o‘yinlarida hali raqib darvozasiga gol urishgani yo‘q. Dastlabki bellashuvda Bosniya va Gertsegovinaning “Saraevo”ga 0:5 hisobida yutqazdi. Ikkinchi bellashuvda “Dinamo” (Maxachkala) jamoasiga 0:1 hisobi bilan engilgan bo‘lsa, bugun ukrainaliklarga qarshi bahsda ham maydonni golsiz tark etdilar. Faqat avvalgilardan farqli o‘laroq navoiyliklar o‘z darvozalari daxlsizligini ham saqlab qoldilar.
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Shuhrat Muhammadiev, Bobur Yo‘ldoshev, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Gonsalo Ritakko, Aleksandar Stanislavlevich, Sherali Jo‘raev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz Usmonov, Orifxo‘ja Abduxoliqov, Jasur Azimov, Shahzod Turopov, Ilhom Kenjaev, Humoyun Abdualimov, Azamat Maqsumov.
Fikrlar