
"Qizilqum" o‘z legioneri bilan xayrlashdi
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" yaqinda "Nasaf"dan Islom Kenjaboevdan transferini e’lon qilgandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, mavsum boshidan "oltin izlovchilar" sharafini himoya qilib kelayotgan serbiyalik yarim himoyachi Alen Mashovich o‘zaro kelishuv asosida klubni tark etdi.
Navoiyliklar safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushgan Alen o‘z hisobiga 4 ta gol va 1 ta gollik uzatmani yozdirib qo‘ygan edi. Alen Mashovichga keyingi faoliyatida omad va zafarli onlarni tilab qolamiz", - deyiladi rasmiy xabarda.
Fikrlar