Qilichbozimiz "Istanbul Satellite" turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi!

CHERY AUTO

Turkiyaning Istanbul shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha "Satellite" tasnifidagi musobaqa o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Musa Aymuratov bronza medali bilan taqdirlandi.

Tecno

Hamyurtimiz saralashda Avstriya, Turkiya va Italiya vakillarini, chorak finalda terma jamoamizning boshqa bir vakili Sardor Abdukarimbekovni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda mezbon sportchilardan biriga imkoniyatni boy berdi va uchinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!