PSV ishqibozi "Sevilya" darvozaboniga tashlandi! Yakun sizni hayron qoldiradi!

  • 26 fevral, 2023, 02:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasi doirasida "Sevilya" Niderlandiyada mehmon bo‘ldi. PSV bilan bahsda 0:2 hisobida engilganiga qaramay, "andalusiyaliklar" birinchi o‘yin (3:0) natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘yin yakunlanganini anglatuvchi hushtak chalingach, eyndxovenlik bir ishqiboz stadionga tushib keldi. U bor g‘azabini Ispaniyadan kelgan raqib darvozaboniga ko‘rsatdi, ammo barchasi uning rejalaridan chiqib ketdi.

Evropa ligasi pley-offida ishtirokni to‘xtatish alamli. Ayniqsa, 2:0 natijasi bilan qozonilgan g‘alaba ham yordam bera olmagan o‘yindan so‘ng ikki hissa yoqimsiz hisslarni tuyushga to‘g‘ri keladi. Mana shunday alamli vaziyatda emotsiyalarini jilovlay olmagan PSV ishqibozi maydonga tushib ketdi. U "Sevilya" posboni Marko Dmitrovichga tashlandi. Tomoshabin Markoning yuziga musht tushurdi, 

yo‘ltsao‘yltso‘a

biroq kutilmaganda keskin qarshilikka uchradi. Dmitrovich kutilmaganda jangchilarga hos "otvet" qaytardi. U javob hamlasini qilishi, maydonga tushib kelgan ishqibozni musht bilan siylashi mumkin edi.

Tecno

ylo‘tsalyo‘tsla

Shunga qaramay, kiper xotijramlik bilan PSV muxlisini erga yotqizdi va qo‘llarini qayirib, styuardlar etib kelguniga qadar ushlab turdi. E’tiborlisi shundaki, bu holatni tashqaridan tomosha qilgan PSV ishqibozlari ham raqibning sovuqqonligi uchun qoyil qolganini yashirib o‘tirgani yo‘q. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda "Sevilya" posboni ko‘p bor yodga olindi. Uning harakatlari allaqachon memlarga aylanib ham ketdi.

vratar-sevili-dmitrovich-skrutil-fanata-psv_16771905861178887058

Dmitrovich aslida "Sevilya"ning sof kubok o‘yinlari darvozaboni. U asosiy tarkibda kamdan-kam ko‘rinish beradi. Joriy mavsumda 31 yoshli serb barcha musobaqalardagi ishtirokini qo‘shib hisoblasak, atigi 11 marta maydonda ko‘rinish bergan, xolos. Bu bahslarning naq ettitasida u darvozasi dahilsizligini saqlab qolgan.

Ha, aytgancha, u Evropa Ligasi doirasidagi bu mavsumdagi ilk o‘yinida maydonga tushdi, ikkita to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay kun qahramonlaridan biriga aylanishni uddaladi. Menimcha, bu voqea hali uzoq vaqt eslab yurilsa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!