PSJning eng muhim o‘yinchisi Mbappe emas!

  • 27 mart, 2021, 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti jamoaning eng muhim o‘yinchisi Neymar ekanini aytdi. Garchi Kilian Mbappe hammadan ko‘p gol urayotgan bo‘lsa-da, Neymar asosiy o‘yinchi bo‘lib qolaverar ekan.

Tecno

- Men Neymarni eng kuchli futbolchi, deb hisoblayman. U besh hafta davomida maydondan tashqarida yursa ham, mashg‘ulotlarda eng qattiq shug‘ullanadigan futbolchi bo‘ladi. Texnikasi zo‘r va mahorati hamon joyida.

Biz Neymarning jarohatdan qutilib, yana tarkibga qaytganidan xursandmiz. Chunki u PSJning eng muhim o‘yinchisi, - dedi Marko Verratti.

Neymar joriy mavsumda jarohatlar bois kam o‘ynamoqda. Hozircha u Frantsiya chempionatida 12 ta uchrashuvda to‘p tepib, oltita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!