PSJ Osiyoning eng zo‘r hujumchisiga 80 million evro sarflaydi

  • 15 noyabr, 2022, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Son Xin Min faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Tecno

PSJ 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Parijliklar osiyolik o‘yinchi transferiga 80 million evro tikishga tayyor.

Klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy Son Xin Min bilan Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida shaxsan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqchi.

Son Xin Minning londonliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. Koreyalik forvard kelishuvni uzaytirmoqchi emas. “Tottenxem” uning transferidan mo‘may daromad olish maqsadida transferga qarshilik qilmasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!