PSJ Messi-Neymar-Mbappe uchligidan voz kechdi

  • 8 aprel, 2023, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujum chizig‘ida dunyoning eng kuchli uchligi – Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappeni jamlagan edi. Biroq, klub rahbariyati kelasi mavsum bu triodan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyatining bu qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani ochiq aytilmayotgan bo‘lsa-da, mutasaddilarning keskin xulosasi Lionel Messi bilan munosabat buzilganiga bog‘liq ekani ma’lum.

Argentinalik yulduz klub bilan yangi shartnoma imzolashdan  bosh tortmoqda. PSJning Qatardagi xo‘jayinlari hozirgi rahbariyatdan nima qilib bo‘lsa ham, jahon chempionini Parijda olib qolishni talab qilyapti.

Neymar katta maosh olayotganiga qaramay, jamoaga etarli darajada foyda keltirmayapti. Bunga braziliyalik hujumchining ko‘p jarohat olayotgani va sog‘lig‘ini tiklash uchun uzoq vaqt sarflayotgani yo‘l qo‘ymayapti.

Kilian Mbappe esa, muntazam ravishda rahbariyatga bosim o‘tkazib kelmoqda. Frantsiyalik futbolchi yaqinda klubning reklama roligini qattiq tanqid qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!