PSJ “Barsa” yulduzi uchun 100 million evro beradigan bo‘ldi

  • 1 mart, 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Pari Sen-Jermen” yozda tarkibini kuchaytirish maqsadida “Barselna” yulduzi Gavi transfer qilishga urinib ko‘radigan bo‘ldi.

El Nacional nashrining yozishicha, frantsiyaliklar 20 yoshli yarim himoyachi ispaniyalik bosh murabbiy Luis Enrike qo‘llayotgan o‘yin uslubiga mos tushadi va bu jamoani sezilarli kuchayishiga olib keladi, deb hisoblamoqda.

Ayni paytda Parij superklubi Gavi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Kataloniyaliklar Gavini qo‘yib yuborishga shoshilmaydi. Biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, 100 million evro va undan katta mablag‘ moliyaviy jihatdan ko‘p muammoga duch kelayotgan “Barsa” rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Gavining o‘zi hozircha “Barselona”dan ketmoqchi emas. Biroq Dani Olmo bilan raqobatda imkoniyatni boy beradigan bo‘lsa, muhitni o‘zgartirishga ko‘nishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!