Pro ligadagi markaziy o‘yin "UzReport" tomonidan tasvirga tushiriladi

  • 4 oktabr, 2023, 14:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 20-turidan olgan “Qo‘qon-1912” — “Dinamo” uchrashuvining ahamiyati ancha yuqori. “Lokomotiv” Superliga yo‘llanmasini o‘tgan turda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘llanma aynan Qo‘qon va Samarqand jamoalari o‘rtasidagi kurash g‘olibiga nasib qilishi katta ehtimol.

Tecno

Shundan kelib chiqqan holda, Pro liganing markaziy o‘yinida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirildi. Bu borada “UzReport” telekanali ham rejani qo‘llab-quvvatlagan holda uchrashuvni tasvirga tushirish masalasida yordam berishga qaror qildi.

9 oktyabr kungi bellashuv Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda VAR to‘laqonli ishlay olishi uchun texnik tomondan tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Навруз Кобилов
04/10/2023 19:34
Динамо Бир йилдан бери хеч кимга ютказмай келаябди
Жабборов Ахмаджон
04/10/2023 15:39
Майлию варни ҳам инсон бошқаради. Кўряпмизку.


ХОЛМУРОДОВ АМИР
04/10/2023 15:12
Абрамов жамоаси стабил эмас кучсиз жамоаларга хам очко улашаверади.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
04/10/2023 15:10
Кукон 1912 уз уйида галабани илиб кетса керак Диномода муоммолср етарлича.