Pro-liga. 2 ta penaltidan unumli foydalangan "Zomin" o‘z maydonida "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

  • 19 mart, 2022, 16:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liga 3-turidan o‘rin olgan "Zomin" - "Sho‘rtan" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Dastlab 4-daqiqada maydon egalari vakili Doniyor Usmonov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, bahsning 59-daqiqasida mehmonlar a’zosi Elyor Omonjonov muvozanatni tikladi. 

Biroq 70-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda zominliklar yana bir penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Bu imkoniyatdan endi Eldor Karimov unumli foydalandi.

Shu tariqa, "Zomin" jamoasi o‘z maydonida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ayni payt ushbu jamoa hisobida 4 ochko mavjud, "Sho‘rtan" esa 1 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!