Premer-liga. Bombardirlar bahsida Shomurodovning raqibi kimlar?

  • 6 avgust, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida 8 avgustdan yangi mavsum boshlanadi. Bu gal chempionlik va Evropa maydonlaridagi nufuzli musobaqalar yo‘llanmalari uchun kurash jiddiy va murosasiz kechishi kutilmoqda.

Tecno

Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari – Eldor Shomurodov, Jasur Jaloliddinov va Oston O‘runov o‘ynaydigan “Rostov”, “Lokomotiv” va “Spartak” ham yangi chempionatda faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashadi.

Rossiyalik futbol mutaxassislari yangi mavsumda to‘purarlar bahsi ham qizg‘in kechishini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, “Spartak” hujumchilari Aleksandr Kokorin va Aleksandr Sobolev, “Zenit” etakchilari Artyom  Dzyuba va Sardor Azmun, “Rostov” legioneri Eldor Shomurodov, TsSKA forvardi Fyodor Chalov, “Arsenal” to‘purari Evgeniy Lutsenko va “Krasnodar” futbolchisi Markus Berg boshqalardan ko‘p gol urishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!