Pogba nimadan xafa bo‘ldi?

  • 17 avgust, 2020, 23:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi jahonda avj olib borayotgan irqchilik muammosi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Irqchilik avj olib borayotgani va buni takror-takror ko‘rish ayanchlidir. Men buni chuqurroq anglashni istayman. Shu irqchilardan biri bilan suhbatlashib ko‘rmoqchiman.

Men hamma odamlarni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman. Hayot shunaqa, o‘zaro hurmat juda muhim. Futbol ham shunday bo‘lishi kerak.

Men qora tanliman. Onamning ajdodlari Afrikadan, Gvineyadan. Men Parijda tug‘ilganman. Qora tanli bo‘lsam ham, o‘zimni frantsuz, deb bilaman. Boshqalar hurmat qilishi kerak. Terining rangi odamni ajratmaydi, - dedi Pogba.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!