
Pogba MYu dagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi
Xabaringiz bor kecha "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Arsenal" (1:1) bilan durang o‘ynadi.
E’tiborlisi, mankuanliklar yarim himoyachisi Pol Pogba uchun ushbu bahs yubiley uchrashuvga aylandi. Aniqrog‘i, frantsiyalik futbolchi kecha Angliya premer-ligasidagi 100-o‘yinini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Pogba asli MYu tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yilda "Yuventus" uni sotib oladi. Oradan 4 yil o‘tib, ya’ni 2016 yil "qizil iblislar" sobiq futbolchisini qaytarib olishadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar