
Pogba mashg‘ulotlarga qaytdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba uzoq muddatli tiklanish jarayonini o‘tab bo‘ldi va mashg‘ulotlarga qaytdi. Shunga qaramay, "qizil iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsher frantsiyalik futbolchining qachon maydonga qaytishini ochiqlab o‘tmadi.
"Pogba mashg‘ulotlarga qaytdi. Yana o‘z formasiga kirib olishi uchun qancha muddat kerak bo‘ladi, buni ko‘ramiz", - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Pol joriy mavsum APLda 6 bahsda maydonga tushib ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar