Platini Mbappe qaerda o‘ynashini aytdi

  • 16 mart, 2023, 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya futbolining afsonasi Mishel Platini yangi avlod vakili – Kilian Mbappening kelajagi borasida o‘z qarashlarini ma’lum qildi.

Tecno

- Avvaliga Kilian Mbappe PSJ bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi va keyin boshqa klubga o‘tishi kerak. Unga boshqa mamlakat futboli qiziq. Kilian Angliya yoki Ispaniyaga borishi mumkin. U erda mazza qilib o‘ynaydi. Faoliyatining yakuniy bosqichida AQShda to‘p tepsa ham bo‘ladi, - dedi Mishel Platini.

24 yoshli Mbappening PSJdagi faoliyati hamon turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Aksariyat manbalar PSJ bu gal ham Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin hujumchining klubdan ketishi haqida yoza boshladi.

Kilianning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha imzolangan. Unga asosiy da’vogar sifatida “Real” tilga olinmoqda. Shuningdek, hujumchi “Manchester Yunayted” va “Chelsi” nishonida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!