Peter Goyovchikka omad etishmadi
Florida shtatida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "ATR Miami Open" turnirining ilk bosqichida kutilmagan natijalari qayd etilmoqda.
"Masters" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada germaniyalik Peter Goyovchik va argentinalik Federiko Delbonis o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvda Federiko raqibini 6:4, 6:2 hisobida dog‘da qoldirdi.
Shuningdek, birinchi davrada Yanko Tipsarevich (Serbiya) va Bredli Klan (AQSh) o‘rtasida o‘yin o‘tkazildi. Unda Yanko har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida zafar quchdi.



Fikrlar