
"Persepolis" O‘runovdan xavotirda!
O‘zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" klubi vingeri Oston O‘runov jarohati sabab Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.
Eronning "varzesh3" nashrining xabariga ko‘ra, O‘runov oldingi jaroahati - son mushaklaridagi muammo bilan emas, chap boldir mushagidagi jarohat bilan kurashmoqda."Persepolis" shifokorlarining fikricha, agar O‘runov "Shams Azar"ga qarshi o‘yinda dam olsa, uning jarohati jiddiylashmaydi. Biroq, u jismoniy jihatdan bu o‘yinda ishtirok etishga tayyor, ammo yakuniy qarorni texnik xodimlar va tibbiyot jamoasi qabul qiladi.
"Qizillar" bu mavsum ham chempionlik uchun kurashmoqda. Legionerimizning qisqa vaqt ichida uch marta jarohat olgani "Persepolis" muxlislarini tashvishga solmoqda. O‘tgan mavsumda Oston jamoasining chempionlik qo‘lga kiritilishidagi eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan edi.
Fikrlar