"Persepolis" O‘runov uchun millionlarni sarflashga tayyor

  • 10 dekabr, 2024, 12:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronning "Persepolis" klubi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif yubordi. Klub biroz avval ham vakilimizga yangi kelishuv taklif qilgandi.

Tecno

O‘z navbatida O‘runov agenti bilan kelishish kerakligini aytgan. "Qizillar" o‘tgan mavsum Eron Pro ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi va hamyurtimiz bir qancha o‘yinlarda jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgandi.  Fors manbalarining ta’kidlashicha, "Persepolis" O‘runovni olib qolish uchun ikki million dollar sarflashga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabrda 24 yoshga to‘ladigan legionerimizning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
10/12/2024 18:11
Energetik bguga borish kerak
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
10/12/2024 13:25
Yevropani o‘rtamiyona kulbiga bo‘lsa ham ketish kerak hozir futbol o‘ynaydigan yoshda Horvatiya, Polsha, Avstriya shunga o‘hshagan chempionatga